Nacho Benzemaning kyetishi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2023
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes hujumchi Karim Benzemaning jamoadan ketgani haqida gapirdi.

"U bizga hech nima demagandi va biz ham Sizlar kabi uning kyetishiga shubxa bilan qaragandik. U jamoadagi biror futbolchiga qarorini aytmagandi. Shu sababli shubhamiz bor edi. Keyin "Real" rasmiy ma'lumot bilan chiqdi va biz ham o'shandagina bildik. U juda odamovi odam, shu sababli kiyim almashtirish xonasida barchamizni yig'gani ham yo'q. Barcha ishni indamay bajarib ketaveradi. Karimni yaxshi bilaman. Uning bunday kyetishini istamagandim", - dedi futbolchi.

Benzema erkin agent sifatida "Real"dan ketdi va Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca