MYUning yana bir iqtidor sohibi yozda jamoani tark etmoqchi

Khoja
26 avg 2025, 09:40
Transfer bozori yakuniga bir necha kun qolganda "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu jamoani tark etishni istamoqda.

APLning dastlabki ikki turida ham maydonga tushmaganidan so'ng 20 yoshli futbolchi ushbu qarorga keldi. Maynuga APLning bir nechta jamoalaridan qiziqish borligihaqida ma'lumotlar bor.

Yarim himoyachining shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Kobbi MYU tarbiyalanchisi hisoblanadi. U jamoa safida 72 ta uchrashuvda maydona tushgan. Uning hisobida 7 ta gol va 2 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com