MYUning sobiq futbolchisiga APL top-jamoalari qiziqmoqda

Mirjalol Normatov
13 apr 2018, 21:15
"Vest Bromvich" himoyachisi Jonni Evans mavsum yakunlanganidan keyin jamoasini o'zgartiradi.

"Daily Mirror" nashri xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Manchester Siti" va "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. 30 yoshli himoyachi Pep Gvardiola jamoasida o'ynashga tayyor. Shu boisdan futbolchi "Arsenal"ning taklifini rad etgan.

33-turdan keyin "Vest Bromvich" APL turnir jadvalining so'nggi pog'onasini egallab turibdi.

Evans 2006-2015 yillar davomida "Manchester Yunayted" tarkibida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror