MYUning Fabregas uchun uchinchi taklifi: 41 million evro

23 iyul 2013, 09:41
"Manchester Yunayted" Fabregas borasida "Barselona"ga so'nggi taklif bilan chiqadi. Bu safar "MYU" uchun rekord miqdor hisoblangan 41 million evro taklif etiladi.
"MYU"ning avvalgi ikki taklifi katalonlar tomonidan rad etildi. Bu safar "qizil iblislar" ispanlarga so'nngi taklif bilan chiqadi va rekord miqdordagi summa taklif etadi, bu haqida Goal.com nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, "MYU"ning eng qimmat haridi "Tottenxem"dan Berbatovning "Old Trafford"ga kelishi bo'lgandi. O'shanda londonliklar Dmitar uchun 30, 75 million funt olgandilar.

Manba: sports.ru