MYUning Yevropa ligasini qaysi bosqichdan boshlashi "Manchester Siti"ga bog'liq

Eldor Akmurzayev
13 may 2019, 23:05
Angliya Kubogining finali 18-may kuni Manchester Siti hamda Uotford jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

Mazkur uchrashuvdagi natija Manchester Yunaytedning Yevropa ligasini qaysi bosqichda boshlashiga aniqlik kiritadi. 

Demak, agar Uotford Gvardiola jamoasini taslim etsa, u holda qizil iblislar 25-iyul kuni Yevropa ligasining 2-saralash uchrashuvlarida qatnashadi. Biroq, hal qiluvchi bahsda shaharliklarning qo'li baland keladigan bo'lsa, unda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Yevropa ligasini to'g'ridan-to'gri guruh bosqichidan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports