Myuller va Gvardiola mashg'ulotda janjallashib qoldi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2015, 17:12
"Bavariya"ning so'nggi mashg'ulotida janjal sodir bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yarim himoyachi Tomas Myuller mashg'ulot davomida bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan bahslashib qoladi. Ispan mutaxassisi hujum taktikasi mashg'ulotida Germaniya terma jamoasi futbolchisidan ko'ngli to'lmadi. Gvardiola Myullerga o'zining arzini bildirgan, ammo Myuller murabbiy bilan bahslashdi. Myuller keyinroq aybini tan oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com