MYUda Vudvordning o'rnida ishlaydigan mutaxassis nomi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
7 sen 2021, 00:32
"Manchester Yunayted" iste'foga chiqqan vice-prezident Ed Vudvordning o'rniga nomzod topib qo'ydi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, klub xoldingi direktori Richard Arnold uning o'rnini egallashi kutilmoqda. Arnold ushbu mavsumdan e'tiboran Ed Vudvordning funkciyalarini bajaradi.

Eslatib o'tamiz, Yevropa Superligasi dasturi amalga oshmay qolganidan keyin klub Ed Vudvordning ketishini ham ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports