MYU xavotirda

Aslanov Jasurbek
10 okt 2018, 20:45
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Real" sobiq ustozi Zinedin Zidan atrofidagi voqealarni jiddiy kuzatmoqda.

MYUdagilar salbiy natija qayd etayotgan Joze Mourinyuning o'rniga fransiyalik mutaxassisni olib kelmoqchi. Biroq, Zidan xizmatlariga "Bavariya" qiziqib qoldi. Nemis grandi futbolchilariga Niko Kovachning ish uslubi yoqmayapti.

"Bavariya"ning qiziqishi "qizil iblislar"ni xavotirga solib qo'ydi. Taxminlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" Zinedin Zidansiz qolib ketmaslik uchun Mourinyuni iloji boricha tezroq iste'foga chiqarishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mirror