MYU "Vulverxempton" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
5 iyun 2020, 21:31
"Manchester Yunayted" ayni damda "Vulverxempton" futbolchisi Rauel Ximenes bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

"TuttoJuve" xabariga ko'ra, "bo'rilar" futbolchining 18 mln evrolik transferiga rozi bo'lishgan. Xavbekning transfer narxi pastligiga koronavirus pandemiyasi tufayli bo'layotgan inqiroz sabab bo'lmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" va "Real" ham ayni damda 29 yoshli meksikalikka qiziqish bildirmoqda.

Ximenes ushbu mavsumda 44 o'yinda 22 gol va 10 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TuttoJuve