MYU va "Yuventus" "Milan" sardorini nishonga olmoqda

Tolibjon Qosimov
26 fev 2019
"Manchester Yunayted" klubi "Milan" himoyachisi Alessio Romanoliga qiziqmoqda.

"Calciomercato" nashrining ma'lum qilishicha, "Milan" o'z sardorini 70 million evrodan kam baholamayapti. Shunga qaramay, klub himoyachini sotmaslikka harakat qiladi.

Bundan tashqari, markaziy himoyachiga "Yuventus" ham qiziqish bildirgan.

O'yinchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.



24 yoshli Romanoli joriy mavsum A Seriyada 20ta o'yin o'tkazdi va ikkita gol urdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Calciomercato