MYU va "Real"dan so'ng "Yuventus" ham Kulibalini sotib olishga urinib ko'radi

Alisher
4 iyun 2019, 11:40
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali "Yuventus" qiziqishlari doirasida.

Qayd etish kerakki, Turin klubi senegallik futbolchiga "Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligt o'rnini bosuvchi nomzod sifatida qaramoqda. De Ligtga shuningdek "Barselona" va PSJ klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Kalidu Kulibalida agar "Yuventus"ga Mauricio Sarri tayinlanadigan bo'lsa Turin klubida o'ynash imkoniyati oshadi. Italiyalik murabbiy va futbolchi "Napoli"da birga ishlashgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport