MYU va "Everton" Kulibali uchun kurashmoqda

Alisher
7 apr 2021
Senegal terma jamoasi va "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali APLga yo'l olishga yaqin.

29 yoshli futbolchi agar neapolliklar mavsum yakuniga ko'ra, CHLga yo'llanma ola bilmasa, klubdan ketadi. Klub rahbariyati uning transferidan 60 million evro miqdorida ishlab olmoqchi.

Kulibali uchun bosh davogarlar sifatida "Manchester Yunayted" va "Everton" klublari ko'rilmoqda.

Kalidu 2014 yildan beri "Napoli"da o'ynaydi. Uning shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira