MYU ushbu mavsumda beshinchi marta yirik hisobda yutqazdi

Mirjalol Normatov
8 may 2022, 16:36
Kecha "Manchester Yunayted" APLning 36-turida "Brayton"ga yirik 4:0 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mankunianliklar ushbu mavsumning o'zida 5 marta yirik hisobda yutqazdi. Shularning ikkitasi Ole-Gunnar Sulsher qo'l ostida bo'lgan bo'lsa, qolganlari Rangnikka tegishli.

"Liverpul" – 0:5

"Uotford" – 1:4

"Manchester Siti" – 1:4

"Liverpul" – 0:4

"Brayton" – 0:4

Ser Aleks ketganidan keyin jamoa APLning 12 o'yinida 4+ gol o'tkazib yubordi. Shularning 5tasi aynan ushbu mavsumga to'g'ri keldi. Qayd etish kerak, Fergyuson davrida jamoa 12 o'yinda 4+ gol o'tkazib yuborgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia