MYU tez orada Mbemo transferi bo'yicha muzokaralarni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2025
"Manchester Yunayted" rahbariyati yaqin vaqt ichida "Brentford" bilan kamerunlik yarim himoyachi Brayan Mbemo transferi bo'yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi allaqachon "qizil iblislar" safiga o'tishga rozilik bergan. Klub va Mbemo shartnoma shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Qayd etilishicha, MYU ushbu transfer amalga oshishiga ishonmoqda.
O'tgan mavsumda 25 yoshli Mbemo "Brentford"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Kamerunlik futbolchi barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: x.com/Plettigoal