

Jamoa kecha Yevropa ligasi doirasida "Omoniya"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Erik ten Xag jamoasi 15 sentyabrdan buyon "Omoniya"ni ikki marta mag'lub etdi. Shuningdek "Sherif" va "Everton" jamoalaridan ustun keldi.
Bu oraliqda o'tkazilgan 5 ta o'yinda MYU faqatgina 1 marta - APL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi (3:6).
Endi MYU navbatdagi o'yinini APL doirasida 16 oktyabr kuni "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi.



