

27 yoshli futbolchi avval Angliya terma jamoasining U-20 va U-21 toifalarida o'ynagan. Shuningdek, u Kongo Demokratik Respublikasi U-20 safida bir o'yin o'tkazgan.

Uan-Bissaka faoliyatini "Kristal Pelas"da boshlagan, 2019 yilda 50 million funt sterlingga "Yunayted"ga sotilgan. 2024 yildan e'tiboran esa "Vest Xem"da harakat qilmoqda.



