MYU rahbariyati Mourinyoga ishonadi va Zidanni taklif qilishni ko'rib chiqmayapti

Aslanov Jasurbek
21 avg 2018, 13:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo iste'fo borasidagi mish-mishlarga qaramay o'z ishini davom ettiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati portugaliyalik mutaxassisga to'liq ishonadi va joriy mavsum u bilan xayrlashmoqchi emas. Shu bilan birga "Manchester Yunayted" rahbariyati matbuot klub bilan bog'layotgan Zinedin Zidanni taklif qilmoqchi emas.

Mourinyo 2016 yilning yozida MYU bosh murabbiyiga aylandi. Ikki mavsum davomida murabbiy jamoa bilan Yevropa ligasi, Angliya liga Kubogi va Angliya Superkubogida g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC