MYU qishda Portugaliya termasi a'zosini sotib olmoqchi

Khoja
19 sen 2025, 10:28
"Manchester Yunayted" "Al Hilol" futbolchisi Ruben Neveshni sotib olmoqchi.

Angliya klubi portugaliyalik yarim himoyachini qishda 20 million evroga sotib olishi mumkin. Aynan shuncha summaga "Al Hilol" yarim himoyachini sotishni reja qilgan.

Nevesh joriy mavsum Saudiya jamoasida 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 tadan gol va golli uzatma bor. Neveshning "Al Hilol" bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.

Ma'lumot uchun, Nevesh Portugaliya termasida 60 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport