MYU Pogba bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq...

Mirjalol Normatov
23 okt 2020, 22:14
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnomaning uzaytirilishi borasida ishlar olib bormoqda.

Klubdagilar futbolchi bilan shartnoma yana 5 yilga uzaytirilishini istamoqda, biroq unda Pogbaning maoshi oshmaydi.  Bu esa jamoada boshqa futbolchilarning maoshi borasida balansning buzilishiga olib kelishi mumkin.

"Yunayted" rahbariyati Pogba bilan shartnomaning uzaytirilishiga shubxa qilmayapti. Ma'lumot uchun, Pogbaning MYU bilan kelishuvi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN