MYU Pochettino uchun 42 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
20 dek 2018, 16:16
"Manchester Yunayted" direktorlari jamoa bosh murabbiyligi uchun mutaxassis qidirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU bosh murabbiyligi uchun yagona nomzod - "Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino. London klubi prezidenti Deniel Levi argentinalikni shunchaki qo'yib yubormoqchi emas.

"Tottenxem" shartnomani bekor qilish uchun "qizil iblislar"dan 42 mln. evro (murabbiyning 4 yillik maoshi) talab qilmoqda.

"Manchester Yunayted" bu mablag'ni to'lashga tayyor, ammo buni yozda amalga oshirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph