MYU o'z tarbiyalanuvchisini sotib ololmadi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2020, 21:17
"Manchester Yunayted" qishda "Bornmut" hujumchisi Joshua Kingni sotib olishni istagandi.

Mankunianliklar 3 oyga safdan chiqqan Markus Reshfordning o'rniga hujumchi sotib olishni rejalashtirgandi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Yunayted" Kingga bo'lgan qiziqishni yo'qotgan va hujum chizig'ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni  ko'rib chiqmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, MYU King uchun 20 mln evro to'lashga tayyor bo'lgan. Biroq "Bornmut" transfyerdan 50 mln evro ishlab olishni xohlagan.

King aslida "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'z vaqtida u Sulsher qo'l ostida MYUning yoshlar tarkibida o'ynagan.

Ayni damda u "Bornmut"ning APLdagi to'purari hisoblanadi. U jamoa tarkibida 151 o'yinda 45 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports