"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Valensiya" himoyachisi Nikolas Otamendiga qiziqib qoldi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz grandi argentinalik uchun 35 mln. evro to'lashga tayyor. Voqealar rivoji "Valensiya" rahbari Peter Limaga bog'liq. Oldinroq "ko'rshapalaklar" rahbariyati Otamendini sotmasligini ma'lum qilgan edi.