MYU Karrasko uchun da'vogarlik qilmoqda. "Atletiko" yarim himoyachini 30 mln evroga sotadi

Alisher
19 avg 2022, 18:24
"Manchester Yunayted" "Atletiko"ning belgiyalik yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda.

Manchesterliklar Yannik Karraskoni ehtimoliy xaridlar ro'yxatiga qo'shishdi. Klub diqqat bilan u bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda.

"Atletiko" 25,5 mln funt (30 mln evrodan yuqori)lik taklif olsa, o'yinchini sotishga rozi bo'ladi.

Karrasko o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta samarali harakatni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk