MYU Grizmanni "Barselona"dan "ilib ketmoqchi"

Tolibjon Qosimov
9 mar 2018, 20:49
"Manchester Yunayted" yozda "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olmoqchi.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub rahbarlaridan francuz transferi borasida muzokaralarga kirishni so'ragan. Bu haqda "Don Balon" xabar berdi.

Oldinroq, Grizmann mavsum oxirida "Barselona"ga o'tishi xabar qilingan edi. Ayrim manbalarga ko'ra, tomonlar o'zaro kelishuvga ham erishib ulgurishgan.


Grizmanning transferi 100 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Don Balon