MYU futbolchisi PSJga o'tishi mumkinligiga shama qildi

Mirjalol Normatov
26 mar 2019, 20:33
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera PSJga o'tishi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.

"Shartnomam uch oydan keyin yakunlanadi, albatta, hamma narsa bo'lishi mumkinligi tabiiy. PSJ? Balki "Yunayted"da qolarman, balki boshqa jamoa bilan kelisharman. Bunday mish-mishlar chiqishi normal holat. Ammo hozircha kelajagim borasida aniq bir qarorga kelmadim. Hozircha oldindagi o'yinlarga e'tiborimni qaratganman", - dedi 29 yoshli Errera.

Oldinroq PSJ futbolchiga yiliga 9 millionlik evro maosh va 2022 yilga qadar shartnoma taklif qilayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Bu mavsumda Errera MYU tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Periodico