

RMC Sport nashrining xabar berishicha, 29 yoshli xavbek mavsum yakunlanganidan so'ng erkin agentga aylanadi va xatto shartnoma shartlari bo'yicha parijliklar bilan kelishuvga erishgan.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, faqat shartnoma muddatini hal qilish qolgan, holos. Hamkorlik 4-5 yilga imzolanishi kutilmoqda.
Bugun Erreraning sobiq klubi "Atletik Bilbao" unga taklif bilan chiqqan, ammo ispaniyalikning agenti kech qolishgani va u faoliyatini Parijda davom ettirishini ma'lum qilgan.
Errera uchun MYU safida beshinchi mavsum poyoniga yetib bormoqda. U joriy mavsum APLning 20 uchrashuvida gol+pas tizimida 5 ochko to'pladi (2 ta gol, 3 assist).




