MYU bilan o'yin oldidan "Milan" muxlislari uchun noxush xabar

1 mar 2021, 21:07
Italiyaning "Milan" klubi yetakchisi Zlatan Ibragimovich jarohat sababli Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi ikkala uchrashuvni ham o'tkazib yuboradi.

Bu haqda "Goal" nashri xabar tarqatdi. "Milan" va "Manchester Yunayted" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlar 11 va 18 mart kunlari o'tkaziladi.

39 yoshli shvetsiyalik futbolchining son mushaklari jiddiy tarzda shikastlangan. U Italiya chempionati doirasidagi "Udineze", "Verona" va "Napoli"ga qarshi bahslarni ham o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal