MYU Beyns transferi bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi

9 iyul 2013, 09:35
"Manchester Yunayted" "Everton" himoyachisi Leyton Beyns transferi bo'yicha yanada yaxshiroq taklif bilan chiqmoda, deya xabar beradi The Telegraph.
Eslatib o'tamiz, "Yunayted"ning 12 million funtlik avvalgi taklifi "Everton" tomonidan rad etilgandi. Liverpulliklar ushbu transfyerdan 20 million funt ishlab olish niyatidalar.

Bilasiz, ushbu futbolchi bilan "MYU"ning hozirgi murabbiyi Devid Moyes birga ishlagan va yangi jamoasida ham uning xazmatlaridan foydalanmoqchi.


Manba: sports.ru