MYU "Barselona" futbolchisining tovon pulini to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
9 mar 2018, 15:15
"Barselona" himoyachisi Samuel Yumtiti faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, MYU vakillari qishki transfer oynasidan beri fransiyalik agentlari bilan aloqada bo'lib turibdi.

"Yunayted" Yumtitiga yillik maoshi 9 mln. evro bo'lgan shartnoma taklif qilmoqda. Mankunianlar futbolchining bitimidagi 60 mln. evrolik tovon pulini to'lashga tayyor.

Yumtiti transferiga MYU bosh murabbiyi Joze Mourinyoning shaxsan o'zi qiziqmoqda. U bir necha bor futbolchi bilan bog'lanib, telefon orqali suhbatlashgan.

"Barselona"dagilar himoyachi bilan shartnoma uzaytirish niyatida, biroq 9 mln. evrolik maoshni juda katta deb hisoblashmoqda. Yumtiti esa aynan shunday maosh istamoqda. Kataloniyaliklar bu muammoni JCH-2018 boshlangunga qadar hal qilishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport