

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, mankunianlar o'yinchiga bo'lgan qiziqishlarini allaqachon tasdiqlagan va uning agentlari bilan dastlabki kontaklarni o'rnatgan.
Shuningdek, takidlanishicha, hozirgi vaqtda hech qanday kelishuvga erishilmagan va muzokaralar ilgari siljimagan.
Joriy mavsumda Tonali barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 80 million evroni tashkil qiladi.



