MYU 35 millionlik futbolchini xarid qiladi

11 iyun 2020, 01:26
"Bavariya" yarim himoyachisi Koranten Tolisso mavsum oxirida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Aytishlaricha, 25 yoshli xavbek "Manchester Yunayted"ning qiziqishlari doirasiga tushib qolgan va ingliz klubi allaqachon o'yinchining vakillari bilan muloqotga kirishgan.

Myunxenliklar Tolissoni 35 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, deb xabar qildi RMC Sport jurnalisti Muhammad Buxafsi.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" fransiyalik futbolchini 2017 yilda "Lion"dan 41 millin evroga xarid qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport