Mxitaryan: "Remsi "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytiradi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 20:10
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Aaron Remsi London klubida qolishiga umid qilmoqda.

"Albatta, u bilan birga o'ynash oson, chunki u hamma joyda yordam beradi! Gol uradi, pas oshiradi, to'pni olib qo'yadi. Shu sababli Remsi biz bilan qolsa xursand bo'laman.

U "Arsenal"da deyarli 10 yildan beri o'ynamoqda va jamoaning haqiqiy ramziga aylandi. U yangi shartnoma imzolaydi deb umid qilaman, chunki u "Arsenal" tarixiga kirgan futbolchi" - deydi Mxitaryan.

Remsi 2008 yilda "Kardiff"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Hozirgacha u "to'pchilar" safida 331ta uchrashuvda maydonga tushib, 59ta gol urdi va 57ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail