

Saudiya Arabistoni Pro Ligasi tartib-intizom qo'mitasi “Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni chempionatning ikkita o'yiniga diskvalifikaciya qilishni, shuningdek, hujumchi ma'lum miqdorda jarima ham to'laydi, deb xabar bermoqda Al Riyadhiah.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 21-turidan o'rin olgan Ash Shabab bilan o'yinda (3:2) Ronaldu Messi! deb hayqirgan raqib muxlislariga noo'rin ishora qilgan edi.
Ma'lumot uchun, bunday holat Ronaldu bilan Saudiya Arabistonida birinchi marta sobir bo'lmayapti. O'tgan yilning aprel oyida u Al Hilolga 0:2 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng shohsupaga chiqayotib, muxlislarga odobsiz ishora qilgandi. Shu oy boshida esa Krishtianu tribunadan o'ziga tashlangan Al Hilol sharfini olib, shortisiga solib, so'ng tribunaga tashladi. O'shanda ham muxlislar Messi! deb baqirishgandi.



