Muxlisga tupurgan Karrager ishdan chetlatildi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2018, 17:18
"Liverpul" sobiq futbolchisi, Sky Sports kanalida ekspert sifatida ishlayotgan Jeymi Karrager o'z vazifasidan chetlatildi.

Bunday bo'lishiga Karragerning muxlis mashinasiga tupurgani sabab bo'ldi. Oldinroq, "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" uchrashuvidan so'ng, "qizillar"ning mag'lubiyatidan g'azablangan teleekspert "Manchester Yunayted" muxlisining mashinasiga tupirgan edi.

Ushbu voqeadan xabar topgan telekana rahbariyati Karragerni ishdan chetlatishga qaror qildi. U 2017/18 mavsum oxirigacha "Sky Sports"da ishlamaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com