Mutu Ruminiya bosh murabbiyini Mister Binga qiyosladi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2013, 08:24
Ayachcho klubi hujumchisi Adrian Mutu Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Picurkeni Mister Binga qiyoslagani uchun termadan chetlatildi.
Mutu JCH-2014 saralash pley-off o'yinlariga chaqiruv olmadi. Ruminiya Gretsiyaga mag'lub bo'lganidan so'ng feysbukdagi o'z sahifasida Picurkega Mister Binning yuzi joylashtirilgan rasmni qo'ydi.

Kechroq bu rasm o'chirib yuborildi, Ruminiya futbol Federatsiyasi Mutuga boshqa hech qachon milliy terma jamoaga chaqiruv olmasligini ma'lum qildi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru