Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
"Bugungi o'yin kutilganidek shiddatli bo'ldi. Ikki kuchli jamoa bir-biriga ro'baru bo'ldi. Birinchi bo'limda chiroyli o'yin ko'rsatib gol urdik va ikkinchi bo'limda hisobni ushlab qolish uchun harakat qildik. Ikkinchi bo'limda qarshi hujumga tayandik. Yigitilarga rahmat aytaman. Muxlislarni xursand qildik", - deb gap boshladi Murod Ismoilov.
- "So'g'diyona" bilan o'yindan so'ng psixologik g'alaba ruhi ko'tarilmoqdami?
- Bu narsani ko'p narsalar bilan bog'lashimiz mumkin. Men shunga ishondimki bugun jamoamizda katta ruhni ko'rdim. Ozgina qiyinchiliklarimiz bor edi va u masalalar echildi. Mashg'ulotlarda mana shular tushuntirildi. Mana shunday jamoam borligidan faxrlanaman.
- Jamoaning bir tekis o'yin namoyish eta olmayotgandek. OCHLga umid paydo bo'ldimi? Shunday niyat bormi?
- O'z-o'zidan yigitlar ko'zida Osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasiga umid paydo bo'ldi. Ular yosh va ko'zi yonib turibdi. Shuni yigitlarga singdiramiz. Oxirigacha kurashishga majburmiz. “Nasaf” bilan o'yingacha ellikka-ellik bo'lsa endi imkoniyatimiz juda oshdi. Endi qisqa tatil bo'ladi. Samarqanddagi o'yinga yaxshi ruh bilan bormoqchimiz.
- Akbar Ismatullaevni sog'lig'i borasida qanday fikrdasiz?
- Hali aniq qaror chiqmagan va jarohati yana qaytalagan ko'rinadi.