
Dastlab mezbonlar bosh murabbiyi Murod Ismoilov jurnalistlar savollariga javob berib o'tdi.
"Bugun "Olmaliq"ni chiroyli g'alabasi bilan tabriklayman. Mag'lubiyatni to'liq o'z bo'ynimga olaman. Yigitlarni tayyorlay olmadim " - deya so'z boshladi Murod Ismoilov.
- Bunga sabab sifatida "Bunyodkor" ni mag'lubiyatga uchratganlaringiz bo'ldimi?
Qisman ha. Shunday bo'lsada bolalarga shikoyatim yo'q. Men har qanday jazo bersa ham tayyorman.
- Demak ketishga ham?
Agar shunday qilishsa , ha.
- Bugun jamoa jismonan yaxshi, ammo psixologik jihatdan ...
Uch kun avval g'alabani bilgandim deganimda biroz kulishdi. O'sha o'yindan keyin tayyorgarlik psixologik jihatdan ortga ketdi. 1 hafta avval agar shu ketishda ketsak qiynalishimiz mumkinligini bilgandim.
- O'yindan keyin o'ziz ham qizishib ketdingiz.
Yaxshisi kelib tarsaki tushirsin, o'zimizga aytsin. Lekin raxmatli onamni haqorat qilishga hech kimni haqqi yo'q. Onalarimiz uyda o'tirishadi. Hatoni biz qilyapmizmi, biz javob beramiz!