

Mana 4 kunlik qisqa tatildan so'ng “temiryo'lchilar” yana jamoa qarorgohida yig'ildi va bugundan yana mashg'ulotlarga kirishildi. Bugungi mashg'ulotda terma jamoa bilan birgalikda BAA yig'inida qatnashgan futbolchilarimizdan boshqa barcha ishtirok etdi. “Loko”ga yangi kelib qo'shilgan istedodli hujumchi Murod Bobojonov ham mashg'ulot jarayonida astoydil mehnat qildi.
Mashg'ulot avvalida futbolchilar Mirko Yyelichich boshchiligida engil yugurib olgach, chigalyozdi mashqlari bajarishdi. So'ng to'p bilan muomala mashg'ulotlariga o'tildi. Kunning ikkinchi qismida esa mashg'ulotlar trenajyor zalida davom ettirildi.








