Muhsin Nizomiddinov: Har ikki jamoani ajoyib o'yin bilan tabriklayman

Administrator
19 apr 2024, 20:44
Qo'qon-1912 jamoasi bosh murabbiyi Muxsinjon Nizomiddinov Paxtakorga qarshi uchrashuvdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Assalomu alaykum barchaga. O'yin biz kutgandek bo'ldi, birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik, Paxtakor futbolchilariga hech qanday bo'sh joylar qoldirmadik. Birinchi bo'lim teng kurash ostida o'tdi. Ikkinchi bo'limda hujumkor o'ynashga intildik. Raqib qizil olganidan so'ng esa ustunlik to'liq bizga o'tdi. Bugungi uchrashuvda bizda ham bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, raqib ham oxirida g'alaba qozonib ketishi mumkin edi. Har ikki jamoani ajoyib o'yin bilan tabriklayman.

Bugungi uchrashuvga kelgan muxlislarga alohida rahmat aytaman, -deydi Muhsin Nizomiddinov.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia