Muhammad Saloh “Liverpul” tarixiga kirdi

Misrlik futbolchi APL 36-turidan o'rin olgan o'yinda “Xaddersfild” darvozasini 2 marta ishg'ol qildi.

“Xaddersfild”ga qarshi bahs Saloh uchun “Liverpul” libosidagi 100-o'yin bo'ldi. Muhammad “qizillar” safida 100 ta o'yinda 69 ta gol urdi. Natijada u klub tarixiga kirdi. Hech bir futbolchi o'zining dastlabki 100 ta o'yinida Salohchalik ko'p gol urmagandi. Saloh bu borada 68 tadan gol urgan Rojer Hant hamda Sem Reybouldni ortda qoldirdi.


Manba: Opta