Moyze Kin yoshligida "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin edi

Alisher
2 avg 2019, 13:22
"Yuventus" hujumchisi Moyze Kinning otasi o'g'li haqida fikr bildirdi.

"Yuventus" forvardi Moyze Kinning otasi Bioru Jan Kin o'g'li MYUga o'tishi mumkin bo'lganligi, ammo u o'g'liga Angliyaga ketishni taqiqlaganini aytdi.

- Moyzening onasi uni MYUga jo'natishni xohladi. Ammo, men buni to'xtatdim. Men uni "Yuventus" tizimida qolishini va o'qishini davom ettirishini maqul ko'rdim. 14-15 yoshli yigit boshqa davlatga ketishi kerak emas deb hisobladim. Hozirda men uning mustaqilligiga aminman. U APLdagi yorqin figuraga aylanishi mumkin. Oilamiz, Italiya va Kot-d'Ivuardagi barcha insonlar undan faxrlanishadi, - deydi Kin.

Kin yakunlangan mavsum "Yuve" safida 17ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 1ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Omnisport