Moyes murabbiylik faoliyatidagi 1000-o'yinni o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
5 noya 2021
Yevropa Ligasi 4-turida “Vest Xem” safarda “Genk” bilan jangovar durang o'ynadi.

Bu londonliklar ustozi Devid Moyes uchun murabbiylik faoliyatidagi yubiley 1000-o'yinga aylandi. Shotlandiyalikning murabbiy sifatidagi ilk jamoasi 1998 yil “Preston” bo'lgan.

Shuningdek, u “Everton”, MYU, “Real Sosedad” va “Sanderlend”da ishlagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports