Moyes: "Messini APLda ko'rish anchagina qiziq bo'ladi"

Mirjalol Normatov
7 fev 2020, 21:26
"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes "Barselona" hujumchisi Leo Messining kelajagi borasida chiqayotgan mish-mishlarga e'tibor qaratdi.

"Messining ushbu davlatda o'ynashi ajoyib bo'lardi. Biz Messi va Ronaldu davrida yashayapmiz. Ularning biri APLga yetishmayapti. Umid qilamanki, bu amalga oshadi.

Ispaniyada Messi bilan 2 marta uchrashganman. Suhbat orqali u bilan yaqin bo'lib olganman", - dedi Moyes.

Oldinroq Messining "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal