Mourinyu: "Tottenxem" bilan to'rtinchi sovrinimni yuta olaman"

Mirjalol Normatov
8 may 2020, 21:44
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o'zining maqsadlari haqida gapirdi.

- APLdagi to'rtinchi chempionlikni olish haqida o'ylayapman. Hozircha menda uchta shunday sovrin bor. Shu boisdan to'rtinchisi borasida o'ylasam bo'ladi.

- "Tottenxem" bilanmi?

- Albatta!, - dedi Mourinyu.

Qayd etish kerak, portugaliyalik mutaxassis "Chelsi" bilan birgalikda 2004/05, 2005/06 va 2014/15 yilgi mavsumlarda APL chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal