Mourinyu kelajagi borasida bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023
Mutaxassis qaror qabul qildi.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Rim klubida qoladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Mutaxassis Saudiya Arabistonidan kelgan yirik moliyaviy taklifni rad etdi. Portugaliyalik murabbiy "Roma"da qolishni xohlayapti va hozirdanoq tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Rimliklarning transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri bu erkin agentga aylanib borayotgan yarim himoyachi Ussem Auar hisoblanadi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira