Mourinyu evrokuboklardagi 100-g'alabasini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
17 sen 2020, 23:36
"Totttenxem" Yevropa ligasi saralash bosqichida 2-raundida Plovdivda "Lokomotiv"ni mag'lub etdi, 2:1.

Shu orqali londonliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyu evrokuboklardagi 100-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Portugaliyalik murabbiy "Chelsi" bilan 30, "Real" bilan 24, "Manchester Yunayted" bilan 18, "Portu" bilan 16, "Inter" bilan 10 va "Tottenxem" bilan 2 marta evrokuboklar o'yinlarida g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal