Mourinyu Eriksen va Kavani haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
21 yanv 2020, 21:03
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu klub yarim himoyachichi Kristian Eriksenning kelajagiga aniqlik kiritdi.

Avvalroq, Eriksen qishki transfer oynasida “Inter”ga o'tishi haqidagi xabarlar tarqalgandi. 

“Tottenxem” ikkita sabab tufayli yangiliklar lentasidan kam joy oladi. Birinchidan, biz har kuni o'yinchi sotib olmaymiz. Ikkinchidan esa men boshqa jamoa futbolchilari haqida gapirishni xohlamaydiganlar toifasidanman. Ayrim murabbiylar bu ishidan mamnun ammo men ularning qatorida emasman. Eriksenga kelsak, menda sizlarga (jurnalistlar) yomon xabar bor. U “Norvich”ga qarshi bahs uchun qaydnomadan o'tkazilgan.

Edinson Kavani? PSJ rahbari hamda sport direktori bilan munosabatlarimiz yaxshi va men buni saqlab qolishni xohlayman. Shu bois, boshqa klub a'zosi haqida hech narsa ayta olmayman”, – deydi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail