

“Zaxira o'rindig'imizga qarab, hozir imkoniyatimiz cheklanganligini ko'rish qiyin emas. Bizga hujumchi kerak, u ertaga yoki indinga keladi. Shuningdek, Jiji (Jorjino Veynaldum) o'rnini bosa oladigan yarim himoyachi ham yetishmayapti. Hammasi bo'lib bizga yana uch futbolchi kerak”, deydi portugaliyalik mutaxassis.
“Torino”ni erkin agent sifatida tark etgan Andrea Belotti tez orada “bo'rilar” a'zosiga aylanishi kutilmoqda.



