Mourinyu "Arsenal"ni boshqarishga tayyor

Alisher
30 okt 2019, 18:02
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.

"Kanonirlar" hozirda APLda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri esa tanqid ostida.

Mourinyu Emeri iste'foga chiqqan taqdirda "Arsenal"ni boshqarish istagini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Mourinyu 2018 yil dekabrda "Manchester Yunayted"dan ketganidan so'ng ishsiz yuribdi.

"Arsenal" esa APLda 10 turdan so'ng 16 ochko jamg'argan holda 5-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN