Mourinyu APL chempionligi uchun kurash haqida: "Arsenal" chempion bo'lishini xohlayman"

Aslanov Jasurbek
19 dek 2023, 01:10
Joze Mourinyuning fikricha, APL chempionligi uchun ikkita klub kurash olib boradi.

"Roma" bosh murabbiyi joriy mavsum APLda qaysi jamoa chempion bo'lishi mumkinligi haqida savolga javob berdi.

- "Siti"ning imkoniyatlari 51 foiz, "Liverpul"niki esa 49.

- "Arsenal"chi?

- Yo'q. Raqobat mavzusini chetga surmoqchiman: To'g'risini aytsam, "Arsenal" chempion bo'lishini xohlayman.

"Chelsi" va "Manchester Yunayted" g'olib bo'la olishmaydi. Chempionlik uchun da'vogarlar orasidan "Arsenal" oltin medalga ega chiqishini xohlagan bo'lardim, ammo "Manchester Siti"da ikkita tarkib bor" - deydi Mourinyu.


APL JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail